Telegramda ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan tovlamachi qo‘lga olindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 6
- Формат: mp4
- Дата релиза: 26-08-2024, 15:08
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi M.D. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.D., jabrlanuvchi ayol R.Q.ning avval foydalanuvida bo‘lgan ammo, hozirda telegrami faol bo‘lgan telefon raqamini sotib olgan va telegram akkauntiga yashirin tarzda ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olib, 300.000 ming so‘m o‘tkazib bermasa akkauntdagi mavjud rasmlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitganligi ma’lum bo‘ldi. ⚖️ Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.