Krokus Siti Xolldagi terakt qurbonlarining 74 nafari hamon kasalxonalarda qolmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 19:26
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning aytishicha, Krokus Siti Xolldagi terakt qurbonlarining 74 nafari hamon kasalxonalarda qolmoqda, ulardan uch nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

«Ulardan uch nafarining ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda – bular og‘ir o‘q jarohatlari va kuyishlar birikmasi bilan og‘rigan bemorlar», — dedi Murashko Rossiya OAVlariga.

Murashkoning qayd etishicha, 18 kishi, jumladan, uch nafar bola ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Unga ko‘ra, 90 nafar jabrlanuvchi shifoxonalardan chiqarilgan, 208 nafar bemorga ambulator yordam ko‘rsatilgan.

«33 kishining ahvoli o‘rtacha. 20 kishining ahvoli yaxshilangani bois yaqin kunlarda chiqarib yuborishga hozirlik ko‘rmoqda», — dedi u.

Shu bilan birga, Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi Krokus Siti Xollga qilingan hujum qurbonlari ro‘yxatini yangiladi. Hujjatga ko‘ra, Moskva viloyatidagi kasalxonalarda 77 kishi qolmoqda, 47 nafar jabrlanuvchi chiqarilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati