29 mart kuni Toshkentning markaziy hududlarida issiq suv 1 kunga o‘chiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 19:18
Issiqlik tarmoqlarini sinovlardan o‘tkazish maqsadida Toshkent shahrining ayrim hududlarida 1 kunga issiq suv ta’minoti o‘chiriladi



2024 yil 29 mart kuni issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilish kuzatiladi.

✅ Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish zarur hisoblanadi.

‼️Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga oqib chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolaridagi yurtdoshlarimizdan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz.

☎️ Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz.
⚖️ Sinovlar, 2014 yil 18 dekabrdagi «Issiqlik tarmoqlari va issiqlik punktlaridan texnik foydalanish qoidalari» bilan tartibga solinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati