Kramatorskda Rossiya zarbasi natijasida britaniyalik fuqaro halok bo‘lgani aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-08-2024, 10:58
Kramatorskda Rossiya zarbasi natijasida britaniyalik fuqaro halok bo‘lgani aniqlandi.

"25 avgust kuni kechqurun Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan tunda raketa zarbasiga uchragan mehmonxona binosi vayronalari ostidan Buyuk Britaniya fuqarosining jasadi topildi", deya tasdiqladi Donesk viloyat prokuraturasi.

Ukraina matbuoti marhum Reuters jurnalisti ekanligini taxmin qilmoqda. Agentlik avvalroq jarohatlangan uch xodimdan biri hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ekanini xabar qilgan edi.

Ukraina prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Kramatorskdagi mehmonxonaga bergan zarbasi natijasida olti kishi jabrlangan, ulardan to‘rt nafari xorijlik jurnalistlardir.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati