«Humo» Qozog‘iston kubogida o‘ynamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-08-2024, 10:26
Ust-Kamenogorsk shahrida o‘tkazilayotgan xokkey bo‘yicha Qozog‘iston kubogi guruh bosqichi bahslarining «A» guruhida poytaxtimizning «Humo» klubi ishtirok etmoqda.

«Humo» jamoasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida «Kulager» klubini 4:3 hisobida yenggan bo‘lsa, ikkinchi bellashuvda kutilmaganda «Torpedo»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu natijadan so‘ng, «Torpedo» jamoasining ochkolari 4 taga yetdi, «Humo», «Arlan» va «Kulager» ochkolari ikkitani tashkil qilmoqda. Faqatgina "Almati" ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, «quruq» seriyani davom ettirmoqda.



Endi «Humo» «A» guruhining uchinchi turida «Arlan»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati