FIFA prezidenti Sayfiddin Ermatov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-08-2024, 07:06
FIFA prezidenti Janni Infantino Sayfiddin Ermatov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Sobiq futbolchi va murabbiy Sayfiddin Ermatov hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan chuqur va samimiy hamdardligimni izhor qilaman. Bu boradagi tuyg‘ularimizni bildirish uchun so‘z ojiz.

Sayfiddin Ermatov futbolchilik davrida “Paxtakor”, “Spartak”, “Avtomobilchi” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlab, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini boshqardi. Shuningdek, nazoratchi-hakam sifatida ishlagan. Futboldagi yuksak natijalar egasi, “O‘zbekiston sport faxriysi” unvoni sohibi tomonidan qoldirilgan meros, qolaversa uning insoniy hamda yetakchilik xususiyatlari hech qachon unutilmaydi.

Xalqaro futbol jamoatchiligi nomidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga, Sayfiddin Ermatovning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Bizning bu inson haqidagi xotiralarimiz va ushbu samimiy so‘zlarimiz og‘ir yo‘qotish davrida taskin bo‘lishiga umid qilamiz”, — deyiladi FIFA rahbarining O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovga yo‘llagan xatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov 14 avgust kuni 71 yoshida vafot etgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati