Barselona sobiq futbolchisini jamoaga qaytarmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 18:28
Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Todofichajes jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, jamoa qiziqish doirasiga Leverkuzenning "Bayer" futbolchisi Alexandro Grimaldo kiradi.

28 yoshli qanot himoyachisi "Barselona" akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Grimaldo "Bayer"da 2023 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda. Himoyachi Bundesliganing joriy mavsumida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. Grimaldo hisobida 9 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati