Zelenskiy Hindistonning g‘oyasiga ochiq munosabatda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-08-2024, 06:48
Zelenskiy Hindistonning ikkinchi tinchlik sammitiga mezbonlik qilishiga ochiq munosabatda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosqinini to‘xtatish uchun Hindiston ikkinchi tinchlik sammitiga mezbonlik qilishi uchun ochiq ekanini aytdi.

Zelenskiy juma kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga Global Janubdagi davlatlar orasida mezbon topishga umid qilganini aytgan.

Hindiston iyun oyida Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan birinchi konferensiyada ishtirok etgan bo‘lsada, Nyu-Dehli sammit yakunida Ukrainada «keng qamrovli, mustahkam va adolatli tinchlik» o‘rnatishga chaqiruvchi qo‘shma kommyunikeni imzolash talabini rad etgan.

Dunyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodlaridan tashkil topgan boshqa bir qancha, asosan BRIKS davlatlari ham kommyunikeni imzolashdan bosh tortgandi.

"Ochig‘ini aytmoqchiman va bu nafaqat Hindistonga, balki ikkinchi sammitni o‘tkazishga ijobiy munosabatda bo‘lgan har qanday davlatga tegishli. Tinchlik sammiti kommunikasiga hali qo‘shilmagan mamlakatda tinchlik sammitini o‘tkaza olmaymiz”, dedi Zelenskiy.
80 dan ortiq davlatlar va xalqaro tashkilotlar Rossiya bosqiniga qarshi Ukrainaning hududiy yaxlitligini ma’qullagan.
Hozirda Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya va Shveytsariya bilan ikkinchi sammitga mezbonlik qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati