Chorsudagi kiyim do‘konida yong‘in chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 22:18
Bugun, 25 avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari etilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, yong‘in soat 21:06 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q, deyiladi Toshkent shahar FVB xabarida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati