Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 14:34

????????Homiladorlik — ayol organizmida katta o‘zgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bog‘liq ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

❓Xo‘sh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?

????‍⚕️Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.

???? — Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim, — deydi mutaxassis. — Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham ta’sir ko‘rsatadi.

????Aytish lozimki, bu davrda gormonal o‘zgarishlar tufayli milk va tishlar sezuvchan bo‘lib qoladi. Oqibatda milklar yallig‘lanib, tez-tez qonaydi. Yallig‘lanish (gingivit) homiladorlarda juda keng tarqalgan kasallik bo‘lgani bois, tishlarnio‘z vaqtida davolatish va profilaktika choralarini ko‘rish zarur.
❇️ Agar bu muammolar tezda bartaraf etilmasa, ular yanada jiddiyroq kasalliklarga sabab bo‘lishi, jumladan, parodontit — milkning og‘ir yallig‘lanishi va tishlarning tushishiga olib kelishi mumkin.
???? Albatta homiladorlikda tishlarni davolatish mumkin, biroq buning uchun ayrim qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiq.
???? Ayniqsa, birinchi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinadi. Sababi bu davr homila uchun eng muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi.
???? Ikkinchi uch oylik esa, aksincha tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davrdir. Boisi bu vaqtga kelib, homilaning asosiy organlari shakllanib ulguradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati