Kiyev Hindistonni vositachi deb hisoblamaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 13:36

Ukraina Hindistonni Rossiya bilan urushni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda mumkin bo‘lgan vositachi deb hisoblamaydi. Biroq bosh vazir Narendra Modining 23 avgust kuni Kiyevga tashrifi qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida qabul qilinmoqda. Bu haqda The New York Times Ukraina rasmiylariga tayanib yozmoqda.

Ukraina rasmiylari Modining tashrifini diplomatik qo‘llab-quvvatlash jesti va urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni olg‘a siljish uchun potensial ijobiy signal sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, iyul oyi boshida Modi Moskvaga tashrif buyurgan va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Ushbu uchrashuvda Hindiston Bosh vaziri urush muammolarga yechim bo‘la olmasligini ta’kidladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati