Xalqaro Kosmik Stansiyada qolib ketgan astronavtlar 2025 yilda Yerga qaytadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 12:32

"Ilon Maskning SpaceX Dragon kosmik kemasi 2025 yilning fevralida amerikalik astronavtlarni Yerga olib tushishi kutilmoqda", deya xabar berdi NASA.

61 yoshli Sunita Uilyams va 58 yoshli Barri Uilmor SpaceX kompaniyasining raqobatchisi Boeing kompaniyasining Starliner kosmik kemasining buzilgani tufayli XKSda rejalashtirilgan 8 kun o‘rniga ikki oy qolib ketdi. Bu Boeing`ning ilk bor ekipaj bilan parvoz qilishi edi. Kompaniya kemani NASA uchun ishlab chiqqan va unga 1,6 milliard dollar sarflagan.

Umumiy hisobda, Uilyams va Uilmor orbitada 8 oy vaqt o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. XKSda oziq-ovqat va suv zaxiralari yetarlicha ekani aytilmoqda. Astronavtlar qaytish muddati o‘zgarganidan rozi ekanliklarini, bu muddat ichida ilmiy ish bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotganlarini aytishgan. Qayd etilishicha, kosmonavtlar sinov parvozi xavf-xatarlarini tushunishgan va avval ham koinotda bo‘lishgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati