Germaniyaning Zolingen shahridagi hujumda gumonlanuvchi hibsga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 12:22

"Germaniyaning g‘arbiy qismida festival ishtirokchilariga pichoq bilan hujum uyushtirganlikda gumon qilingan shaxs rasmiylarga taslim bo‘ldi", deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi. Ushbu hujum natijasida uch kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hibsga olingan shaxsga qarshi dalillar bor.

Der Spiegel jurnalining yozishicha, gumonlanuvchi 26 yoshli suriyalik bo‘lib, 2022 yil oxirida Germaniyaga kelgan va mamlakatdan boshpana so‘rab murojaat qilgan. "Ilgari u nemis xavfsizlik xizmatlari e’tiboriga tushmagan", deya ta’kidlaydi nashr.

Avvalroq polisiya shahardagi qochqinlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonalardan birida operasiya o‘tkazgan edi. Reyddan avval qochqinlar yotoqxonasida yashagan qirg‘izistonlik 15 yoshli bola qo‘lga olingan. Nashrning yozishicha, u hujumning bevosita ijrochisi bilan muloqot qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda polisiyaga uning jinoyatchi bilan suhbatini eshitgan ikki ayol xabar bergan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati