Turkiyadagi o‘zbekistonliklar Bosh konsulxona tomonidan ogohlikka chaqirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 10:18
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi o‘zbek bolalariga mo‘ljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rgatilishi e’lon qilingan.

“Ushbu o‘quv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekani ta’kidlanishiga qaramay, ayrim o‘qituvchilardagi mo‘tadil islomga zid e’tiqodiy qarashlarning ta’lim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin”, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.

Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlari so‘raldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati