Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 10:04
23-27 avgust kunlari Samarqand shahrida «Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori» xalqaro kongress doirasida «Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing o‘rni» TURKSOY xalqaro forumi o‘tkazildi.

Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizasiya markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir doirasida «Kino — meros himoyachisi: madaniy loyihalar va tashabbuslar taqdimoti», «Global media hamkorlik: Merosni asrash bo‘yicha madaniyatlararo loyihalar» kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu dasturlar doirasida Islom sivilizasiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan videoroliklar turkumi taqdimoti «Baqtriya tarixi», bundan tashqari, «O‘zbekiston arxeologik marvaridlari», «Klavixo», «Xudoybergan Devonov va Nemis Mennonitlari», «Muxtor Avezov» loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Forum so‘ngida Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platforma yaratish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati