• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ispaniya chempionati. «Barselona» yangi murabbiy qo‘l ostidagi ikkinchi o‘yinda ham zafar quchdi

Ispaniya chempionati. «Barselona» yangi murabbiy qo‘l ostidagi ikkinchi o‘yinda ham zafar quchdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 09:38
Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bahsning 24-daqiqasida Lamin Yamal chiroyli zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘ngida Kubarsi ehtiyotsizlik tufayli o‘z darvozasi tomon penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. Oyan Sanset 11 metrli jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi. Kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limda ham hujumkor o‘yin namoyish etishdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Rafinya-Pedri kombinasiyasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi. Robert Levandovski esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. "Barselona" ushbu g‘alabadan keyin 6 ochko bilan jadval peshqadamiga aylandi. Ispaniya La ligasi, 2-tur Barselona – Atletik 2:1 (1:1, 1:0) Gollar: 1:0 – 24 Yamal, 1:1 – 42, penalti Sanset, 2:1 – 75 Levandovski. Barselona – ter Stegen, Balde (Martin, 90+1), Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri, Bernal (Erik Garsiya, 83), Ferran Torres (Lopes, 63), Rafinya, Yamal (Viktor, 90+1), Levandovski. Atletik – Padilya, Berchiche, Yeray Alvares, Vivian, Lekue, Prados (Errera, 78), Vesga (Xauregisar, 63), Uilyams, Sanset (Unai Gomes, 62), Berenger (Ares, 72), Uilyams (Guruseta, 78). Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (38), Kubarsi (41), Bernal (49), Berenger (56), Levandovski (85), Lekue (87), Lopes (90+6), Xauregisar (90+6), Errera (90+6).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati