• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi

Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 17:06
Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda hududlararo hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizga Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Shensi, Shandun, Szyansu, Szyansi, Anxoy va boshqa provinsiyalar rahbarlari tashrif buyurdi.

Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, shu bilan birga, investisiya, sanoat kooperasiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati