Bundesliga. Leypsig safarda Kyolnni tor-mor keltirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 05:16
Germaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Kyoln” “Leypsig”ga imkoniyatni boy berdi – 5:1. Uchrashuv Kyolndagi "Reyn Energi" stadionida bo‘lib o‘tdi.

15-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Xavi Simons hisobni ochdi. Mezbonlar deyarli darhol Sarkis Adamyanning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. Jamoalar tanaffusga shu holda chiqishdi.

Ikkinchi bo‘limda faqat “Leypsig” gol urdi – Loi Openda dublga erishdi, Amadu Xaydara va Yussuf Poulsen ham bittadan gol urishdi.

“Leypsig” 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Kyoln" 18 ochko bilan 16-o‘rinda joylashgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati