Nepalda avtobus daryoga qulab, 14 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 09:16
Hindistondan yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus Nepalda daryoga quladi. Natijada kamida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Poxaradan Katmanduga yo‘l olgan mashinada 40 ga yaqin odam bor edi.

Ayni payt Marsyangdi daryosi qirg‘og‘ida, halokat yuz bergan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisa sababi va qurbonlar shaxsi hozircha to‘liq tasdiqlanmagan.

– UP FT 7623 raqamli avtobus daryoga qulab tushdi, – deb yozdi ANI axborot agentligi Tanaxun polisiyasi yuqori martabali xodimi Dipkumar Rayaning so‘zlaridan iqtibos keltirib. – Mazkur transport vositasi Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida ro‘yxatga olingan.

G‘arbiy Maxarashtra shtati Bosh vaziri o‘rinbosari Devendra Fadnavis qurbonlarning ba’zilari shu shtatdanligini aytdi.
– Biz Nepal hukumati bilan kelishgan holda marhumlar jasadini Maxarashtraga olib kelish uchun Uttar-Pradesh shtati bilan aloqa bog‘ladik, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Video tasvirda majaqlangan avtobus va qutqaruv xodimlari omon qolganlarni qidirayotgani aks etgan.
Hodisa joyiga Nepal armiyasi vertolyotida tezkor tibbiy guruh jo‘natildi.
Odatda Poxara – Katmandu yo‘nalishidagi avtobusdan hindistonlik sayyohlar va ziyoratchilar keng foydalanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati