Sirdaryoda onlayn kameralar orqali chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga chek qo‘yildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 16:50
Xususan, Guliston shahar "Bog‘ishamol" MFY hududiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali bir nechta joyga chiqindi tashlab ketilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Guliston shahrining "Navbahor" MFY hududidagi kuzatuv kameralari orqali fuqarolar T.K. va Q.D. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan har bir huquqbuzarga MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Sirdaryoda 21 ta onlayn kuzatuv kameralari o‘ratilgan. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.