Germaniya kansleri Ukraina prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 06:52
Bu haqda EFE agentligi Germaniya hukumati rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Olaf Shols Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi, deya yozadi EFE.

Shuningdek, Ukraina davlati rahbari Germaniyaning Solingen shahrida 23 avgust kuni festival vaqtida yuz bergan fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Vladimir Zelenskiy kanslerga Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklagani va mamlakatining, ayniqsa, Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda ko‘rsatayotgan ulkan har tomonlama yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Zelenskiy muloqot vaqtida Olaf Sholsga front chizig‘idagi vaziyat va Ukraina mudofaa kuchlarining, xususan, zirhli texnika va havo hujumidan mudofaa tizimlariga bo‘lgan bugungi ehtiyojlari haqida ma’lumot berdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati