Istanbuldagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-08-2024, 06:36
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Istanbuldagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

Unga ko‘ra, Bosh konsulxona so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi o‘zbek bolalariga mo‘ljallangan maktablar reklamasi tarqalayotganiga e’tibor qaratdi.

Konsulxonaning yozishicha, bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rgatilishi e’lon qilinmoqda

"Ushbu o‘quv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekanligi ta’kidlanishiga qaramay, ayrim o‘qituvchilardagi mo‘’tadil islomga zid e’tiqodiy qarashlarning ta’lim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin", – deyiladi Bosh konsulxona munosabatida.

O‘z navbatida, diplomatik vakolatxona ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlarini so‘rayapti.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati