BAA Afg‘oniston ishonch yorliqlarini qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 23:56
BAA Afg‘oniston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi, deya Amirlik TIV vakili ma’lum qildi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, Afg‘oniston elchisi Mavlaviy Badriddin Haqqoniy Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayf Abdulla al Shamsiyga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Badriddin Haqqoniy Afg‘oniston va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni tarixiy deb ta’riflab, mamlakatning doimiy hamkorligi va yordami uchun minnatdorlik va mamnuniyat izhor etgan.

BAA tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayf Abdulloh al Shamsi ham BAA va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim ekani va ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada yaxshilanib, mustahkamlanishiga umid bildirgan.

Shu bilan birga, BAA “Tolibon” hukumatini tan olganini rasman e’lon qilmagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati