Gvardiola: Manchester Sitining 115ta qoidabuzarligi jamoaga ta’sir qilmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 23:46
Pep Gvardiola "Manchester Siti"ga nisbatan 115ta ayblov tez orada yopilishiga umid qilmoqda.

2023 yilning fevralida APL "Siti"ni 2009/10 mavsumdan 2017/18 mavsumgacha bo‘lgan davr mobaynida turli xil moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblagan edi. Oldinroq, klub qoidabuzarliklarini o‘rganish uchun mustaql qo‘mita sentyabr o‘rtasi yoki oxirida ish boshlashi e’lon qilingan edi.

Bundan tashqari, "Siti" Premyer-ligani sudga berib, yangi moliyaviy qoidalar bo‘yicha sudlashayotgan edi.

"Qo‘mita ishi tez orada boshlanishidan va buning barchasi tezroq yakunlanishidan xursandman. Mustaqil qo‘mita barcha ma’lumotlarni oshkor qilishini xohlayman va biz uni har doimgidek qabul qilishga tayyormiz.

Bu jamoaga ta’sir qiladimi? Yo‘q. Ushbu narsalar 3 yoki 4 yildan beri muhokama qilinyapti" - dedi "Siti" bosh murabbiyi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati