Bu yil qaysi san’atkorlar davlat mukofotlariga loyiq ko‘rildi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 23:16
O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Xususan, xonanda Sevara Nazarxon O‘zbekiston Xalq artisti, Ozoda Nursaidova esa O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi. Davlat mukofoti bilan taqdirlangan taniqli san’atkorlar orasida Toir Qo‘ziyev (O‘zbekiston xalq artisti),



O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi Dilnoza Ortiqova (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist) ham bor.



Foto: YouTube
O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Foto: YouTube
Shuningdek, Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi Ochilbek Matchonov “O‘zbekiston xalq hofizi” faxriy unvoni, Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Yangi yulduz” madaniyat markazi qoshidagi “Rayhon” ashula va raqs xalq ansambli baxshisi Xamza Xolboyev “O‘zbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati