Soxta havola ortida yashiringa kiberfiribgarlik

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 22:36
Surxondaryo viloyatida yashovchi V.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 900.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi J.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, J.A. Internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali “Siz bonus yutdingiz” mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu e’longa ishongan V.F.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kirib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan

Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati