Lukashenko Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 20:16
Belarus prezidenti 24 avgustda nishonlanadigan Ukraina mustaqillik kuni bilan ukrainaliklarni tabrikladi.

U mamlakat xalqiga “tinch osmon, fuqarolar totuvligi va saxovatli mamlakatiga farovonlik” tilagan. Shuningdek, u o‘zi rahbarlik qilayotgan Belarusni mintaqada tezkor xavfsizlikni ta’minlashda davom etadi deya ta’kidlagan.

“Belarus zamini samimiy va mehnatkash ukrainaliklarga hamisha alohida hurmat va iliq munosabatda bo‘lgan. Bizni nafaqat umumiy taqdir va oilaviy rishtalar, balki qo‘shnilar bilan do‘stlik va til topishish istagi ham birlashtirib turadi”, deyiladi Belarus prezidenti rasmiy saytidagi tabrikda.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi og‘ir sharoitda muloqotni davom ettirish va “slavyan xalqlarining buguni va kelajagi uchun tinchlik tilida gaplashish” lozim. “Boshqachasi bo‘lmaydi”, degan u.

Belarus rahbari bir necha marta Rossiya va Ukrainani harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida muhokama qilishga chaqirgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati