Putinning reytingi tushib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 19:54
Butunrossiya Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) Rossiya Federasiyasi prezidenti faoliyatini ma’qullash reytingi va Vladimir Putinga bo‘lgan ishonch reytingi pasayganini qayd etdi.

VSIOM veb-saytidagi xabarda aytilishicha, Rossiya Federasiyasi Prezidentining 12-18 avgust kunlari bo‘lgan haftalik faoliyatini ma’qullash reytingi 3,5 foiz punktga pasayib, 73,6 foizga tushgan. Bir hafta avval, 5 avgustdan 11 avgustgacha bu ko‘rsatkich 77,1 foizni tashkil qilgan edi. Respondentlarga «Umuman olganda, siz prezident faoliyatini ma’qullaysizmi yoki yo‘qmi?» degan savol berildi.

VSIOM ma’lumotlariga ko‘ra, Putinga bo‘lgan ishonch darajasi bir vaqtning o‘zida 2,6 foiz punktga pasayib, 78,2 foizni tashkil qilgan (bir hafta avval – 80,8 foiz). So‘rov ishtirokchilaridan: «Iltimos, aytingchi, Vladimir Vladimirovich Putinga ishonasizmi yoki ishonmaysizmi?», deb so‘ralgan.

VSIOM ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha rekord darajadagi pasayishdir.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Putin reytingining pasayishi «Ijtimoiy fikr» jamg‘armasi (FOM) tomonidan ham qayd etilgan. «Levada-sentr» o‘z ma’lumotlarini avgust oxirida taqdim etishni rejalashtirmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati