Tog‘olcha va olxo‘ri o‘rtasida qanday farq borligini bilasizmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 16:12
Tog‘olcha – Tog‘olcha biroz nordon ta’mga ega bo‘ladi. Ba’zi navlari juda nordon, ba’zilari esa o‘rtacha shirin ta’mga ega bo‘ladi. – Mevasining rangi odatda sariq, to‘q sariq yoki qizil, ba’zi navlar to‘q binafsha rangga ega bo‘lishi mumkin. – Sovuqqa chidamli, butasining tanasi 3-5 metrdan 8 metrgacha yetishi mumkin. – Mevasi olxo‘riga nisbatan kichik hamda yumaloqroq va danagi etidan oson ajraladi. – Tog‘olcha odatda olxo‘ridan kichikroq.

Olxo‘ri – Olxo‘rining ta’mi shirin, ba’zida biroz nordon bo‘lishi mumkin. – Mevasining rangi turiga qarab ko‘k, binafsha, qizil, sariq yoki yashil rangda bo‘ladi. – Sovuqqa biroz chidamsiz, daraxtining tanasi 5-10 metr, ba’zi navlari mitti (karlik) bo‘lishi mumkin. – Mevasi tog‘olcha mevasiga nisbatan yirik, danagi esa etiga yopishgan bo‘ladi.

ℹ️ Shuni ta’kidlash kerakki, tog‘olcha va olxo‘ri bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tur hisoblanib, uni ba’zan bir-biridan ajratish qiyin. Gibrid navlarda esa ikkalasining ham xususiyatlari aks etgan bo‘ladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati