O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 13:10
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investisiya muhitini yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirish, soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, so‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari hamda hukumat qarorlari qabul qilindi. Umuman, mamlakatimizda tadbirkorlik yo‘nalishi tom ma’noda yangi bir bosqichga ko‘tarildi.

Ushbu sohani huquqiy tartibga solishda zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib bo‘shliqlarni bartaraf etish, yangi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan to‘liq tartibga solish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Tadbirkorlik kodeksi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Keyingi yillarda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti yaxshi an’anaga aylandi. Va bu o‘z navbatida, tadbirkorlarga o‘z muammo va takliflari bilan bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat rahbariga murojaat qilish hamda yuzma-yuz muloqot qilish imkonini berayotir.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan bu yilgi ochiq muloqoti ham o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab takliflar ilgari surildi.

Bugungi kunda biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 8 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilgani, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion so‘m yo‘naltirilgani, eng muhimi, mahalladagi kichik loyihadan tortib, mega loyihagacha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlab o‘tildi.
Ushbu sa’y-harakatlar natijasida bu yilning o‘zida tadbirkorlarning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘payib, 986 trillion so‘mga yetdi. Yillik aylanmasi esa 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta korxonalar 2 karra ko‘paydi, aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi.
Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Joriy yil olti oyda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 karra o‘sib, 14 milliard dollarga yetdi. To‘g‘risi, bunday natijalar, ilgari tariximizda hech qachon bo‘lmagan.
Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish, biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan ta’minlash, ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmatlar sohasiga yangi turtki berish, biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yanada qisqartirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Bularning barchasi O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.
Bu yilgi ochiq muloqotning aynan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgani bejiz emas, albatta. Boisi bu yerda biznes uchun birorta hududda yo‘q 50 dan ortiq imtiyozlar berilgan, Qoraqalpog‘istonda yer ajratishni sodda tizimi joriy etilgan. Eng asosiysi, ushbu hudud katta bozorlarga chiqish uchun ham juda qulay.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati