Yangi VoWi-Fi texnologiyasi bilan mobil aloqa doim barqaror bo‘ladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 7
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-08-2024, 12:50
VoWi-Fi (Voice over Wi-Fi) texnologiyasi yordamida siz mobil tarmoq signali zaif bo‘lgan joylarda ham Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz va xabar yuborishingiz mumkin.
VoWi-Fi kimlar uchun foydali?
Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun: agar siz zich qurilgan hududda yashasangiz va mobil signal yaxshi yetib bormasa, VoWi-Fi texnologiyasi yordamida qo‘ng‘iroqlarning barqaror sifatini ta’minlashingiz mumkin. Yuqori sifat uyingizdagi Wi-Fi orqali ta’minlanadi.
Shahardan uzoqda bo‘lganlar uchun: endi mobil aloqa signali zaif bo‘lgan joylarda ham siz VoWi-Fi xizmatidan foydalangan holda, Internet yordamida barqaror aloqa o‘rnatishingiz mumkin.
VoWi-Fi qanday ulanadi?
UZTELECOM`ning VoWi-Fi xizmatiga ulanish juda oson. Buning uchun faqatgina ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon va Wi-Fi tarmog‘i kerak bo‘ladi. Telefoningiz sozlamalaridan VoWi-Fi funksiyasini yoqing va istalgan joyda aloqa sifatidan bahramand bo‘ling.
UZTELECOM`ning VoWi-Fi xizmati orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiring va doim aloqada qoling!
Reklama huquqi asosida