Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 7
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-08-2024, 10:30
Esingizda bo‘lsa, Paxtakor muzligiga dastlabki ekspedisiya o‘tgan 2023 yil yozida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda tadqiqotchilar muzlik tiliga 3 metrli qoziq burg‘ilab o‘rnatib kelishgan edi. Joriy ekspedisiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki, muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz tili 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya ma’lumotlarini olishdi
Paxtakor muzligi — Toshkent viloyatining borish qiyin bo‘lgan Oygaing qor ko‘chki meteorologik stansiyasidan (bu ob’ektdan keyin hech qanday bino ob’ekti mavjud emas) naqd 35 km uzoqda, viqorli tog‘lar orasida yastangan bo‘lib, muzlikka ekspedisiya a’zolari naqd 2 sutkada piyoda yetib borishgan