Germaniya afg‘onlarni deport qilishdan oldin ularni pul bilan ta’minlamoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 10:22
Germaniya hukumatining afg‘on fuqarolarini o‘z vataniga deportasiya qilish rejalari tobora aniq bo‘lib bormoqda.

Bild nashriga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolarining yurtiga qaytarilishiga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha federal va shtat hukumatlari o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Birinchi navbatda, jinoyatchilar va “xavfli shaxslar” ni deport qilish rejalashtirilmoqda, ammo ular ham to‘lovlarga umid qilishlari mumkin.

Vazirlikka ko‘ra, nafaqa to‘lash yoki to‘lamaslik masalasi federal shtatlarda hal qilinadi, shuningdek, ular nafaqa miqdorini ham hal qilishlari kerak.

Afg‘onistonliklar doimiy ravishda Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat qiladi. 2023 yilda 51 275 nafar afg‘on Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat yo‘llagan, bu 2022 yilga nisbatan 41 foizga ko‘pdir. O‘tgan yili boshpana so‘rash bo‘yicha dastlabki arizalarning taxminan 15 foizi afg‘onlardan kelgan.

2021 yil yozida Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan beri Germaniyadan mamlakatga deportasiyalar amalga oshirilmagan. Yaqinda Germaniya hukumati ushbu amaliyotni qaytarish zarurligini e’lon qilgan.

Afg‘oniston fuqarolari avvalroq Germaniya sudlariga vataniga qaytgan taqdirda o‘ta qashshoqlikka duchor bo‘lishlari haqida shikoyat qilgan edi. Germaniya hukumatining fikricha, moliyaviy yordam o‘z vataniga qaytgan qochqinlarga dastlabki vaqtlarda oziq-ovqat va uy-joy uchun haq to‘lash imkonini beradi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati