Rossiya bug‘doyga eksport bojini oshiradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 10:14
Shu yilning 28 avgustidan boshlab Rossiyadan bug‘doy va meslin (bug‘doy va javdar aralashmasi) eksporti bo‘yicha boj to‘lovi joriy yilning 28 avgustidan boshlab bir tonna uchun 828,4 rubl stavkaga nisbatan 908,5 rublgacha oshiriladi.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Shunday qilib, ushbu boj 9,7 foizga oshiriladi.

Arpa uchun boj yana nolga teng bo‘ladi. Makkajo‘xori uchun stavka bir tonna uchun 1033,6 rubldan 701,4 rublga tushiriladi.

Bojlar hisoblangan indikativ narxlar: bug‘doy uchun - 214,6 dollar, arpa - 177,7 dollar, makkajo‘xori uchun - 198,8 dollar.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati