Qoraqalpog‘istonda 3,5 mlrd so‘mlik kommunal qarzdorlik undirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 10:08
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan to‘lov intizomiga rioya etmagan shaxslardan kommunal qarzdorliklar undirilmoqda.

Energiya resurslari bilan ta’minlash dunyo miqyosida dolzarb muammoga aylanib borayotgan bir pallada, jamiyatda to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan iste’molchilar ham yo‘q emas. Bu esa o‘z navbatida iste’molchilarga ham energiya resurslarini muntazam ravishda yetkazib berishda muammolarni keltirib chiqaradi. Kommunal qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lamagan iste’molchilardan yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish sud tartibida amalga oshirishda majburiy Byuro organlari tomonidan olib borilmoqda.

Xususan, boshqarmaning hududiy bo‘limlari ish yurituvida 2024 yilda jami 6 milliard 696,2 million so‘mlik 833 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shundan 4 milliard 705,2 million so‘mlik 640 tasi tamomlandi. Amalda 3 milliard 445,2 million so‘mlik qarzdorlik undirildi.

Jumladan, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, javobgar “Super Baliqlar” fermer xo‘jaligidan undiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati foydasiga jami 165,2 million so‘m undirish belgilangan. Byuroning To‘rtko‘l tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ushbu qarzdorlik amalda undirilishi ta’minlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati