O‘yin vaqtida futbolchida yurak bilan bog‘liq muammo chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 09:32
Libertadores Kubogi doirasidagi "San-Paulu" - "Nasyonal" bahsida nohush holat ro‘y berdi.

Bahsning 84-daqiqasida "Nasyonal" futbolchisi Xuan Iskyerdo maydonga yiqildi. Unga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatildi va tez tibbiy yordam mashinasida olib ketishdi. Barchasiga futbolchining yuragidagi muammolar sabab bo‘ldi.

Shifokorlar Xuanning yurak ritmida muammolar borligini ma’lum qilishdi. Ayni damda u reanimasiyada mutaxassislar nazorati ostida bo‘lib turibdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida "San Paulu"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati