Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 15:26
Xuddi shunday, Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT Q.O. “Navo” MFY hududidagi savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz 10 xil turdagi jami 2 200 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro A.I. jami 42 dona “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini hamda o‘tkir hidli mumsimon moddani Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.