Istanbuldagi fojiada O‘zbekistonlik ayol vafot etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 04:44
Joriy yiling 16 fevral kuni Istanbulning Shile-Pendik avtomagistral yo‘lida harakatlanib ketayotgan avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtohalokat yuzaga kelgan.

YTH joyida O‘zbekiston fuqarosi 03.03.1983 yilda Sirdaryo viloyati Baxt shahrida tug‘ilgan ATABAYEVA MANZURA ABDUXAMITOVNA ham bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqaromiz tezkor ravishda shifoxonaga olib borilganligi va ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan olingan tan jarohatlar tufayli vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Fuqaroning taniganlar yoki yaqinlar zudlik bilan Bosh konsulxonaning quyidagi aloqa vositalariga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.

Tel: +90(212)3232037; +90(212)3232039

Elektron pochta: uzbekconsul@yahoo.com
Telegram: @uzbconsulate
Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur ta’ziya bildiramiz.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati