AQSh Ukrainaga havo hujumidan mudofaa qurollarini yetkazib beradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-08-2024, 00:50
AQSh prezidenti Jo Bayden Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy rasmiy sayti xabar bermoqda.

Baydenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning muhim infratuzilmasi himoyasini ta’minlash uchun Kiyevga havo hujumidan mudofaa raketalarini o‘tkazish niyatida. Shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari o‘q-dorilar va mobil raketa uchirgichlarini oladi.

«AQSh prezidenti havo hujumidan mudofaa raketalari, uchuvchisiz qurilmalar va tankka qarshi raketalar, shuningdek, frontdagi askarlarni himoya qilish uchun o‘q-dorilar Kiyevga yetkazilishini aytdi», — deyiladi xabarda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati