7 oyda poytaxtning o‘zida korrupsiyaga oid 185 ta tergov o‘tkazilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 22:12
Bu haqda Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning dastlabki 7 oyi davomida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 217 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan 185 ta jinoyat ishi tergov qilingan. Bu jinoyatlar asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy va xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, moliya, soliq, energetika, bank, hokimlik, kadastr xizmati va ekologiya idoralarida faoliyat yurituvchi mas’ul xodimlar tomonidan sodir etilgan.

Shahar prokuraturasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 81 ta tezkor tadbir o‘tkazgan. Ushbu tadbirlar natijasida barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati