Germaniyada niqob kiygan holda mashina haydash taqiqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 21:38

Koblenz Oliy ma’muriy sudi haydash paytida niqob (musulmonlarning an’anaviy bosh kiyimi bo‘lib, yuzni qoplaydigan va ko‘zlarga kichik teshik qoldiradigan) kiyish barcha yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligiga tahdid soladi, degan qarorga keldi.

Da’vogar Reynland-Pfalslik musulmon ayol edi. U haydash paytida niqob kiyishni taqiqlash uning diniy huquqlarini buzadi, deb hisobladi. Biroq, ayol murojaat qilgan barcha organlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Germaniyada qo‘llaniladigan umumiy qoidalarga ko‘ra, haydovchilar yuzlarini tanib bo‘lmaydigan tarzda yashira olmaydilar. Sud niqab ta’qiqi «konstitusiyaviy asosli» va «yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan»ligini tasdiqladi. Bundan tashqari, sud joriy cheklov arizachiga o‘z e’tiqodiga amal qilishiga to‘sqinlik qilmadi, deb qaror qildi: undan avtobus va poezdlardan foydalanish yoki mototsikl minish so‘ralgan (taqiq ularga taalluqli emas).






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati