Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 21:28
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining 2024 yil 21 avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik liseylarda va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida esa yangi o‘quv yili 4 sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

Kasb-hunar maktablarida hamda kollej va texnikumlarning 2 va undan yuqori kurslari uchun ham yangi o‘quv yili 4 sentyabr kunidan boshlanadi.

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati