Putin Pashinyan bilan nima haqida gaplashdi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 21:14

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbatning asosiy mavzusi Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini normallashtirish, shu jumladan Putinning yaqinda Bokuga qilgan tashrifi chog‘ida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralarini inobatga olgan holda muhokamani davom ettirish bo‘ldi.

Avvalroq, Ozarbayjonga davlat tashrifi chog‘ida Putin safardan so‘ng Armaniston bosh vaziri bilan bog‘lanib, Bokudagi muzokaralar natijalari haqida aytib berishini aytgandi.

«Rossiya tomoni Armaniston va Ozarbayjonga tinchlik shartnomasini ishlab chiqishda, chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilish jarayonini ilgari surishda, shuningdek, transport-logistika aloqalarini blokirovkadan chiqarishda yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi», — deyiladi Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabarida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati