• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari Rash modeli asosida hisoblana boshlandi

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari Rash modeli asosida hisoblana boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 14:42
2024 yil fevral oyidan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblana boshlandi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov ma’lum qildi.

✅Unga ko‘ra talabgorlarga A+ dan C gacha bo‘lgan 6 xil darajadagi sertifikat beriladi.

✅Bunda A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirishda ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

✅Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (http://my.gov.uz/) orqali amalga oshirila boshlandi.

✅Talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undirilishi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanishi belgilandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati