Chiqindilarni olib ketish bo‘yicha ommaviy oferta joriy etildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 5
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-08-2024, 15:42
Farmonga ko‘ra:
— oferta faqatgina faoliyati davomida alohida ko‘chmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi o‘rtasida tuziladi; — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ularning faoliyat turlari va xususiyatlaridan kelib chiqib, chiqindi to‘plash me’yorlarini tasdiqlaydi hamda ommaviy ofertadagi to‘lov summalari ushbu me’yorlarga asoslangan holda belgilanadi.
Bu orqali tadbirkorlik ob’ektidan mazkur hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi chiqindilarni olib ketadi, tadbirkor esa buning uchun belgilangan to‘lovni avtomatik tarzda amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida ikki tomon uchun ham maqbul yechim hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur topshiriq davlat rahbarining joriy yil 29 mart kuni chiqindilar bilan ishlash tizimini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham qayd etilgan.
Unutmang! Tadbirkorlik sub’ektlari ushbu tartibga amal qilmagan taqdirda qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka tortiladi.