Noqonuniy ravishda valyuta ayrboshlayotganlar ushlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 14:24
Xuddi shunday, Departamentning Denov tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Z.M. va S.M. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro M.X.ga 37,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 3045 AQSh dollari, 41 ming rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. jami 2 800 AQSh dollarini fuqaro A.D.ga 35,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.