Ozarbayjon Prezidenti tantanali kutib olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 13:06



23 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Etakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati