AQSh Ukrainaga navbatdagi harbiy yordamni yuboradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 11:54
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 125 million dollarga yaqin yangi harbiy yordam yuboradi.

Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi.

AQSh rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, paketga havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar, yuqori harakatchanlikdagi artilleriya raketa tizimlari (HIMARS), Javelin va boshqa bir qator tankga qarshi raketalar, 155 va 105 millimetrli dronlar va elektron urushlarga qarshi tizimlar, artilleriya o‘q-dorilari, transport vositalari va uskunalar va boshqa jihozlar kiradi.

Oq uy 23 avgust kuni, Ukraina Mustaqillik kuni arafasida Kiyevga yangi yordam haqida rasman e’lon qilishi mumkin.

Ro‘yxatga olingan qurollar prezident ruxsati bilan taqdim etilgan, ular Pentagon zaxiralaridan olingan va tezroq yetkazilishi mumkin, deya ta’kidlaydi agentlik.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati