Lukaku maydonga qaytishga tayyor emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 01:00
“Roma” hujumchisi Romelu Lukaku hali maydonga qaytishga tayyor emas.

Belgiyalik futbolchi sonidagi muammolar tufayli Yevropa ligasi doirasidagi “Brayton”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Rimliklar bosh murabbiyi Daniele de Rossi 30 yoshli forvard jarohat olmaganini va shunchaki dam olish kerakligini ta’kidlagan bo‘lsada, muammo kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqishi mumkin. Football Italia xabariga ko‘ra, Lukaku A Seriyada bo‘lib o‘tadigan "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda (17 mart) o‘ynamaslik xavfi bor. "Bo‘rilar" hujumi yetakchisining safga qaytish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Romelu Lukaku "Roma"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatini 34 o‘yinda 17 ta gol bilan boshqarib turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati