• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • «Andijon» - «Bunyodkor» o‘yinida raqibini tepgan Bekmurodov 2 ta o‘yinga chetlashtirildi

«Andijon» - «Bunyodkor» o‘yinida raqibini tepgan Bekmurodov 2 ta o‘yinga chetlashtirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 14:10
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

2024 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etayotgan «Andijon», «Neftchi» va «Nasaf» futbol klublari Superliganing 1-2-turlari hisobotini, “Dinamo plyus” futbol klubi 1-2-3-turlar hisobotini, «Surxon» futbol klubi esa 2-tur hisobotini O‘FAga taqdim etmagan. Reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, «Andijon», «Neftchi», «Nasaf», “Dinamo plyus” va «Surxon» futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — OKMK

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — OKMK uchrashuvining 67-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi M. Skrbich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Milan Skrbichga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
«Metallurg» — «So‘g‘diyona»
Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Metallurg» — «So‘g‘diyona» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «So‘g‘diyona» futbol klubi bosh murabbiyi I.Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati